GOREMIKIN IVAN NIKITOVICH

        Kapitan Goremikin Ivan Nikitovich, 1920-yil 25-dekabrda Voronej viloyatining Novo-Xaperskiy tumani Verxniy Karagach qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1939-yilda Mirzacho‘l shahridagi 2-o‘rta maktabning 10-sinfini, 1948-yilda O‘rta Osiyo industrial institutini tamomlagan.

        Xizmatni 1941-yilning iyun oyida Shimoliy-g‘arbiy front tarkibidagi IIXX ichki qo‘shinlarining 3-motoo‘qchilar polkida avtobatareya razvedkachisi lavozimidan boshlagan. Jangda yaralanganligi sababli 1941-yilning oktabr oyiga qadar evakuatsiya gospitali (Staroe-Russo sh.)da davolanadi. Salomatligini tiklagandan so‘ng IIXX ichki qo‘shinlarining 25-o‘qchilar polkida razvedkachi-artilleriyachi lavozimida xizmatni davom ettiradi (Kuybisheyev sh.). 1942-yilning yanvar oyidan 1946-yilning dekabr oyiga qadar
2-Belorus fronti tarkibidagi ichki qo‘shinlarning 32-motoo‘qchilar polkida avtobatareya qizil armiyachisi, bo‘linma komandiri lavozimlarida xizmat qiladi. Belorussiyaning g‘arbiy viloyatlari, Boltiqbo‘yidagi jangarilar va banderovchilarga qarshi olib borilgan jangovar operatsiyalarda ishtirok etgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Moskva mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“MOSKVA MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI