GORBUNOV VLADIMIR IGNATYEVICH

 

        Kapitan Gorbunov Vladimir Ignatyevich, 1923-yil
1-oktabrda Rostov viloyatining Rostov-Don shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1941-yilda Rostov-Don shahridagi o‘rta maktabning 10-sinfini, 1953-yilda kechki Marksizm va leninizm universitetini tamomlagan.

        Xizmatni 1941-yilning iyul oyida Shimoliy Kavkaz harbiy okrugi shtabining 8-bo‘limi shifroval-shtab xizmati kurslari kursanti sifatida boshlagan. 1942-yilda Shimoliy Kavkaz harbiy okrugi shtabining 8-bo‘limi zaxirachisi va 5-bo‘linmasi boshlig‘ining yordamchisi lavozimlarida xizmat qilgan. 1942-yilning sentabr oyidan 1943-yilning fevral oyiga qadar qo‘shinlarning Shimoliy Kavkaz guruhi shtabi 271-o‘qchilar diviziyasining
5-bo‘linma boshlig‘i, 1943-yilda Janubiy front tarkibidagi 44-armiya shtabining
8-bo‘limi boshlig‘i yordamchisi va 416-o‘qchilar diviziyasi shtabining 5-bo‘linmasi boshlig‘i lavozimlarida xizmatni o‘tagan. 1943-yilning sentabr-oktabr oylarida xizmatni Janubiy front tarkibidagi 44-armiyaning 243-o‘qchilar diviziyasida Melitopolskiy yo‘nalishidagi 83-alohida axloq tuzatish rotasida vzvod komandiri lvozimida xizmat qilgan. Jangda jarohatlanganligi sababli 1943-yilning  oktabr oyidan 1944-yilning fevral oyiga qadar 4451-sonli evakuatsiya gospitali (Stalinobod sh.)da davolanadi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “II darajali Vatan urushi” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Harbiy jasorati uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“HARBIY JASORATI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI