GOLOLOBOV MIXAIL FEDOROVICH

    

        Polkovnik Gololobov Mixail Fedorovich, 1923-yil 22-noyabrda Tambov viloyatining Tugolukovsiy tumani Alekseyevka qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1941-yilda Rostov-Don shahridagi o‘t o‘chiruvchilar texnikumining 2-bosqichini tamomlagan.

        1942-yil iyul oyida Privoljskiy harbiy okrugiga qarashli Mogilyev harbiy piyodalar bilim yurtini tamomlagandan so‘ng Kalinin fronti tarkibidagi 359-o‘qchilar diviziyasining 1196-o‘qchilar polkiga pulemyotchilar bo‘linmasi komandiri lavozimiga tayinlanadi. Janglarda jarohatlanganligi sababli 1942-yilning sentabr-dekabr oylarida 4173-sonli evakuatsiya gospitalida davolanadi. Salomatligini tiklagandan so‘ng 13-havo armiyasining “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limining o‘qchilar vzvodida bo‘linma komandiri vazifasini bajaradi. 1944-yilning may oyida “SMERSH” kontrrazvedka Bosh boshqarmasining 1-Moskva maktabiga o‘qishga jo‘natiladi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Leningrad mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 60 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“LENINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 60 YIL” MEDALI