GOLIKOV IVAN GEORGIVECH

serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, “Shuxrat” ordenining to’liq sohibi (15.05.1946)

1913-yil 12-noyabr Melekes shaxrida ishchi oilasida tug‘ilgan. Rus. 1921-yil Tverga ko‘chib o‘tgan. 7-sinfini tamomlab 1938-yil Samarqand viloyati Oqtosh shaxriga ko‘chib keladi. 1942-yil 9-fevralda Samarqand viloyati Narpay harbiy komissarligidan Qizil Armiya saflariga chaqirilagan. 1942-yil martdan Ikkinchi jahon urushida janglarda qatnashgan.
1944-yil 10-yanvar kuni Qrimning g‘arbida joylashgan Kerch shaxri uchun bo‘lgan jangda serjant Golikov o‘zining minomyot hisobi bilan dushmanning 2 ta o‘t ochish nuqtasini va 10 nafar dushman askarini yo‘q qiladi. Dushmanning qarshi xujumini qaytarishda yana 25 nafar dushman askarlarini yo‘q qiladi.
383-o‘qchilar diviziyasi komandirining buyrug‘iga asosan 1944-yil 13-fevralda III-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
Dushman mudofaasini yorib kirishda Golikov o‘zining hisobi bilan dushmanning o‘t ochish nuqtasini va 20 nafar askarini yo‘q qiladi.
Aloxida Primosk armiyasining buyrug‘i bilan serjant Golikov 1944-yil 30-aprelda II-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil 27-apreldan 30-aprelgacha serjant Golikov Moravsk-Ostrava shaxridagi xujum operatsiyasida uning xisobi dushmanning o‘nlab qarshi xujumini qaytarib, dushmanning artilleriya orudiyasini, 3 ta pulimyotini va 20 nafar askarlarini yo‘q qiladi. 1945-yil 4-may kunidagi jangda kontuziya oladi lekin jangni davom ettiradi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1946-yil 15-maydagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatilgan jasorati va qahramonligi uchun”, Starshina Golikov I-darajali «Shuxrat» ordeni bilan taqdirlangan.
Starshina Golikov 1945-yil oktabrda zahiraga bo‘shatiladi. Ukrainaning Lyugansk viloyati Lutugino shaxrida yashaydi.
1981-yil 12-mayda vafot etgan va Lutugino shaxrida dafn etilgan.

"SHUXRAT" ORDENINING TO'LIQ SOHIBI