GOGLIDZE SERGEY ARSENYEVICH
General-polkovnik Goglidze Sergey Arsenyevich, 1901-yilda Gruziya SSRning Kutaisi viloyatining Korta qishlg‘ida tug‘ilgan, millati gruzin, ma’lumoti o‘rta, 1915-yilda Qo‘qon tijorat bilim yurtini, 1918-yilda esa Toshkent shahridagi kechki o‘rta maktabni tamomlagan.
Davlat xavfsizligi organlarida xizmatni 1921-yilda boshlagan. 1938-1941-yillarda IIXX Leningrad viloyati boshqarmasi boshlig‘i, 1941-1951-yillarda IIXK-DXXK-DXV Xabarovsk o‘lkasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida xizmat qilgan. 1948-yildan o‘rindoshlik asosida DXVning Uzoq Sharq (Xabarovsk, Primorskiy o‘lkalari, Chita, Saxalin viloyatlari, Buryat-Mongoliya ASSR) bo‘yicha vakili lavozimini bajargan. 1951-yilda DXVning temiryo‘l va suv transportini qo‘riqlash Bosh boshqarmasi boshlig‘i, keyinchalik davlat xavfsizligi vazirining birinchi o‘rinbosari, 1951-yilning noyabr oyidan 1952-yilning fevral oyiga qadar O‘zbekiston SSR davlat xavfsizligi vaziri lavozimida xizmat qilgan.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil bayroq”, “Lenin” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.