GLYADINSEV ALEKSANDR NIKOLAYEVICH
Kapitan Glyadinsev Aleksandr Nikolayevich, 1918-yil 8-yanvarda Qozog‘iston SSRning Semipalatinsk shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1934-yilda Semipalatinsk shahridagi o‘rta maktabning 10-sinfini, 1936-yilda Semipalatinsk metrologiya texnikumini tamomlagan.
1941-yilning iyul oyidan 1942-yilning may oyiga qadar xizmatni Janubiy-g‘arbiy frontning 57-armiyasi 47-arimiya bazasida dispetcher lavozimida o‘taydi. 1942-yilda Janubiy-g‘arbiy front tarkibidagi 57-armiyaning 244-o‘qchilar diviziyasi 914-o‘qchilar polkida katta ad’yutant, batalon komandiri lavozimlarida xizmat qiladi. 1942-yil oktabr-dekabr oylarida jangda jarohat olganligi sababli 408-sonli evakuatsiya gospitali (Tomsk sh.)da davolanadi. Salomatligini tiklagach 17-ofitserlar polki (O‘sh sh.)da batalon komandiri zaxirasiga jo‘natiladi. 1944-yil aprel oktabr oylari davomida DXXK Toshkent o‘lkalararo maktabining kurs boshlig‘i lavozimini bajargan.