GLUXOV DMITRIY IVANOVICH

        Podpolkovnik Gluxov Dmitriy Ivanovich, 1907-yil 22-noyabrda Penza viloyatining Kuznetskiy tumani Syudyum qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti to‘liqsiz o‘rta, qishloq maktabining 5-sinfini, 1934-yilda O‘rta Osiyo BBSB qoshidagi operativ tarkibni qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan.

      1934-yil aprel oyidan 1941-yil noyabr oyiga qadar O‘zSSR IIXXBda va O‘rta Osiyo harbiy okrugi maxsus bo‘limida operativ vakil yordamchisi, operativ vakil, bo‘linma boshlig‘i lavozimlarida xizmat qilgan. 1943-yilning dekabr oyidan G‘arbiy front tarkibidagi 82-o‘qchilar diviziyasining 35-o‘qchilar brigadasi IIXX maxsus bo‘limida bo‘linma boshlig‘i, keyinchalik mazkur bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida xizmatni davom ettiradi. 1943-yilning dekabr-1945-yilning may oyi davomida 2 va 3-Belorus frontlari tarkibidagi 49-o‘qchilar diviziyasida “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi boshlig‘i lavozimini bajargan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “I va II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Moskva mudofaasi uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“I DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“MOSKVA MUDOFAASI UCHUN” MEDALI