GLUSHKO TIXON LEONTYEVICH

    

        Kapitan Glushko Tixon Leontyevich, 1913-yil 4-avgustda Boshqirdiston ASSRning Alsheyevskiy tumanidagi Baydapovka qishlog‘ida tug‘ilgan, millati ukrain, ma’lumoti to‘liqsiz o‘rta, o‘rta maktabning 7-sinfini va 1933-yilda Uralselmash qoshidagi fabrika-zavod o‘quvchilik maktabini tamomlagan.

        Xizmatni 1941-yilning may oyida O‘zSSR DXXK radiostansiyasida 1-toifali texnik lavozimida boshlaydi. 1943-yilning may oyidan 1947-yilning noyabr oyiga qadar O‘zSSR DXXK “B” bo‘limining 61-radiostansiyasining texnik qismida radiooperator sifatida xizmat qiladi. 1945-yilning fevral oyidan 1946-yilning mart oyiga qadar 2-Belorus fronti qoshidagi dushman radiooperatorlarini izlash, radiorazvedka va radiokontrrazvedka kuzatuvi bo‘yicha DXV “R” bo‘limining G‘arbiy operativ tarkibida Polsha va Germaniyada maxsus xizmat safarida bo‘ladi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI