GLUSHENKO NIKOLAY PETROVICH

    
        Leytenant Glushenko Nikolay Petrovich, 1923-yil 25-dekabrda Stalingard viloyatining Komsomolskiy tumani Xutor shaharchasida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1954-yilda Toshkent viloyati kunduzgi-sirtqi o‘rta maktabni tamomlagan.

        Xizmatni 1942-yilning avgust oyida Stalingrad fronti tarkibidagi 924-o‘qchilar polkida oddiy askarlikdan boshlagan. Jangada jarohatlanib, 1942-yil noyabr oyidan 1943-yil iyul oyiga qadar 3934-sonli evakuatsiya gospitali (Saratov sh.)da davolanadi. 1943-yilning iyul oyidan 1944-yilning sentabr oyiga qadar Partizanlar harakati shtabi boshqarmasi maxsus maktabining tinglovchisi bo‘lgan. O‘qishni tamomlagandan so‘ng 1-Ukraina fronti harbiy kengashi qoshidagi partizanlar harakati shtabida radistlar zaxirasida faoliyat olib boradi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Jangovar xizmatlari uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI