GINZBURG SOFYA RUVIMOVNA

    

        Kichik leytenant Ginzburg Sofya Ruvimovna, 1910-yil 7-noyabrda Ukraina SSR Poltava viloyati Mirgorodskiy tumani Zueyevsi qishlog‘ida tug‘ilgan, millati yahudiy, ma’lumoti to‘liqsiz o‘rta, 1927-yilda maktabning 7-sinfini, 1929-yilda tibbiyot texnikumini tamomlagan.

        1941-yilning oktabr oyidan 1943-yilning avgust oyiga qadar Janubiy-g‘arbiy va Kavkazorti frontlari tarkibidagi 46-armiyaning sanator bo‘limida kotiba-mashinistka lavozimida xizmat qiladi. 1943-yilda xizmatni Janubiy-g‘arbiy front tarkibidagi 17-havo armiyasi 295-qiruvchilar aviadiviziyasida IIXX maxsus bo‘limi ish yurituvchi-mashinistkasi lavozimida davom ettiradi. 1943-yilning noyabr oyidan 1945-yilning may oyiga qadar 3-Ukraina fronti tarkibidagi 17-havo armiyasi 306-shturmchi aviadiviziyasining “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limida ish yurituvchi-mashinistka lavozimida xizmat qiladi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Kavkaz mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“KAVKAZ MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI