GINIYATULIN GUMER GINIYATULOVICH

        Katta leytenant Giniyatulin Gumer Giniyatulovich, 1918-yil 1-yanvarda Tatariston ASSRning Chistapolskiy tumanida tug‘ilgan, millati tatar, ma’lumoti o‘rta, 1938-yilda Qoraqalpog‘iston ASSRning Qipchoq tumanidagi o‘rta maktabning 10-sinfini tamomlagan.

        Xizmatni 1941-yilning sentabr oyidan 1942-yilning mart oyiga qadar  Bryansk fronti tarkibidagi 83-alohida kavaleriya diviziyasining 231-alohida kavaleriya polkida to‘pchilar komandiri sifatida o‘taydi. 1942-yilning mart-noyabr oylari davomida jangda olgan jarohati tufayli 3283-sonli evakuatsiya gospitalida davolanadi. Salomatligini tiklagach, Qoraqalpog‘iston ASSR IIXX Qipchoq tuman bo‘linmasida yo‘riqchi lavozimiga tayinlanadi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI