GAYFULIN ZAIR NURGALIYEVICH

    

        Mayor Gayfulin Zair Nurgaliyevich, 1917-yil 16-noyabrda Tatariston ASSRning Qozon viloyati Alkeyevskiy tumanidagi Srednie Alki qishlog‘ida tug‘ilgan, millati tatar, ma’lumoti o‘rta, o‘rta maktabning 8-sinfini tamomlagan.

        1941-yil oktabr oyida Leningrad va Volxov frontlari tarkibidagi 33-o‘qchilar brigadasining 33-alohida avtorotasida ta’mirlash rotasiga komandir etib tayinlanadi. 1942-yil dekabr oyidan 1944-yil iyul oyiga qadar 2-Ukraina fronti tarkibidagi DXXKning 127-alohida harbiy senzurasida nazoratchi, tarjimon lavozimlarida xizmat qiladi. 1945-yil may oyiga qadar 2-Ukraina fronti harbiy senzura bo‘limida operativ vakil lavozimida xizmatni davom ettiradi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI