GAVRILOV NIKOLAY YELISEYEVICH

        Mayor Gavrilov Nikolay Yeliseyevich, 1913-yil 29-noyabrda Novgorod viloyatining Borovichi shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1934-yilda Borovichi ishchilar fakultetining 3 ta bosqichni, 1954-yilda Mudofaa ishlari bo‘yicha Toshkent shahar bo‘limi qoshidagi kechki marksizm va leninizm universitetini tamomlagan.

        1940-yil may oyida IIXXning 2-Leningrad maktabini tamomlagach IIXXning Krasnodar o‘lkasi boshqarmasiga razvedkachi lavozimiga tayinlanadi. 1942-yil aprelga qadar Kareliya-fin ASSR IIXX-DXXK operativ vakil yordamchisi, operativ vakil lavozimlarida xizmat qiladi. 1942-yil aprel oyidan 1945-yil yanvar oyiga qadar Kareliya fronti tarkibidagi 32-alohida zenit-artilleriya divizioni va 702-alohida aloqa batalonining “SMERSH” kontrrazvedka boshqarmasida operativ vakil lavozimida xizmatni davom ettiradi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Zapolyare mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“ZAPOLYARE MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI