GAVRILIN IVAN FEDOROVICH

    

        Starshina Gavrilin Ivan Fedorovich, 1909-yil 16-iyulda Ulyanovsk viloyatining Veshkaymskiy tumani Bekeshovka qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti to‘liqsiz o‘rta.

        Harbiy xizmatni 1942-yil iyun oyida Stalingrad fronti shtabida qo‘riqlash rotasida qizil armiyachi lavozimida boshlaydi. 1943-yilning iyun-sentabr oylarida 4-gvardiya diviziyasi tankka qarshi to‘pchilar batareyasida qizil armiyachi bo‘lgan. Jangda jarohat olganligi munosabati bilan 1943-yilning oktabr oyiga qadar 5111-sonli gospital (Taganrog sh.)da davolanadi. Salomatligini tiklagach
347-o‘qchilar diviziyasida qizil armiyachi sifatida xizmat qiladi. 1945-yilning may-iyul oylarida navbatdagi jarohat tufayli 3131-sonli gospitalda davolanadi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “III darajali Shon-sharaf” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“III DARAJALI SHON-SHARAF” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI