GAVRELYUK ANNA VASILYEVNA

       
        Katta serjant Gavrelyuk (Nikitina) Anna Vasilyevna, 1924-yil 14-fevralda Omsk viloyatining Marianovskiy tumani Marianoskiy qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti to‘liqsiz o‘rta, 1939-yilda qishloq maktabining 7-sinfini, 1942-yilda Omsk tibbiy texnikumining 2 ta bosqichini tamomlagan.

        1942-yil avgust oyida DXXK organlariga xizmatga jo‘natiladi va 1945-yil noyabr oyiga qadar Shimoliy-g‘arbiy hamda 1-Ukraina frontlari, keyinchalik esa Vinnitsa viloyati DXXK harbiy senzurasida nazoratchi lavozimida xizmatni o‘taydi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “II darajali Vatan urushi” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20, 30 va 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI