GANKIN VASILIY MIXAYLOVICH

    

        Kapitan Gankin Vasiliy Mixaylovich, 1920-yil 29-fevralda Janubiy Qozog‘iston viloyatining Sariog‘och tumani Poltoratskoe qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta-maxsus,
1940-yilda topografiya texnikumi (Toshkent sh.)ni tamomlagan.

        Harbiy xizmatni 1940-yil dekabr oyida 20-tank diviziyasining alohida aloqa batalonida qizil armiyachi va Kiev maxsus harbiy okrugi tarkibidagi aerodrom bo‘limida topograf-askar lavozimida boshlaydi. 1941-yil iyul oyidan 1943-yil sentabr oyiga qadar Janubiy-g‘arbiy, Stalingrad va Markaziy frontlar tarkibidagi 72-alohida muhandis-aerodrom batalonida qizil armiyachi lavozimida xizmat qiladi. Jangda jarohatlanib, 1943-yilning noyabr oyiga qadar 283-sonli evakuatsiya gospitali (Elets sh.)da davolanadi. Salomatligini tiklagach 1943-yilning noyabr oyidan 1945-yilning yanvar oyiga qadar 4-Ukraina fronti tarkibidagi 140-o‘qchilar diviziyasining 258-o‘qchilar polkida bo‘linma komandiri lavozimida xizmat qiladi. 1945-yil yanvar-may oylarida 4-Ukraina fronti tarkibidagi 31-o‘qchilar diviziyasida “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limining operativ vakili bo‘lgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “Harbiy jasorati uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“HARBIY JASORATI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI