GALEYEV GALIXAN SAITGALEYEVICH

    

        Kapitan Galeyev Galixan Saitgaleyevich, 1923-yil 19-fevralda Boshqirdiston ASSRning Birskiy tumani Staro-Uguzeyevo qishlog‘ida tug‘ilgan, millati tatar, ma’lumoti to‘liqsiz o‘rta, 1938-yilda Birskiy tumanidagi o‘rta maktabning 9-sinfini, 1941-yilda Birsk feldsher-akusherlik maktabini tamomlagan.

        Harbiy xizmatni 1941-yil iyul oyida Molotov harbiy aviatsiya maktabi kursanti sifatda boshlagan. 1942-yil yanvar oyiga qadar 4-zarbdor armiyaning 19-zaxiradagi chang‘ichilar polki 253-alohida chang‘ichilar batalonida harbiy feldsher lavozimida xizmat qiladi. 1942-yilda Kalinin fronti tarkibidagi 4-zarbdor armiyaning 253-alohida chang‘ichilar batalonida sanitariya vzvodi komandiri bo‘lgan. 1942-yilning may oyidan 1943-yilning dekabr oyiga qadar Kalinin fronti tarkibidagi 4-zarb armiyaning 26-qiruvchilar brigadasi 2-alohida qiruvchilar otryadi va 2-alohida tank hujumiga qarshi batalonda katta feldsher lavozimida xizmatni o‘taydi. 1945-yil sentabrda Boltiqbo‘yi, 3-Belorus va Baykalorti-Amur frontlari tarkibidagi 36-armiyaning 47-alohida tank hujumiga qarshi artilleriya brigadasida 478-tank hujumiga qarshi qiruvchilar polkida harbiy feldsher lavozimida xizmat qiladi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Kenigsbergni ishg‘ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“YAPONIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“KENIGSBERGNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI