FIRSOV NIKOLAY IVANOVICH
Mayor Firsov Nikolay Ivanovich, 1916-yil 6-dekabrda Ivanovo viloyati Aleksandrovskiy tumani Chernetskoye qishlog’ida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti o’rta, 1935-yilda Kirovdagi charm va poyabzal texnikumini tamomlagan.
1941-yil iyun oyida Olmaota shahridagi IIXK o’lkalararo maktabini tamomlagandan so’ng, Pavlovadar viloyati bo’yicha operativ xizmatchisi etib tayinlandi. 1941-yil dekabrdan 1942-yil aprelgacha – O’rta Osiyo harbiy okrugining 150-o’qchi brigadasi IIXK maxsus bo’limi operativ xodimi. 1943-yil sentabr gacha G’arbiy frontning 173-o’qchi diviziyasining “SMERSH” kontrrazvedka bo’limining operativ xodimi. 1943-yil sentabr dan 1944-yil martgacha – 1-, 2- va 3-Belorussiya frontlari 31-armiyasining 173-o’qchi diviziyasining “SMERSH” kontrrazvedka bo’limining katta operativ xodimi. 1945-yil sentabrgacha 3-Belorus fronti 173-o’qchi diviziyasining 979-artilleriya polkining “SMERSH” kontrrazvedka bo’limining katta operativ xodimi bo’lib xizmat qilgan.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.