FILONENKO VASILIY IVANOVICH

 

        Filonenko Vasiliy Ivanovich, 1904-yil 26-aprelda Ukraina SSRning Mariupol shahrida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti o’rta, 1927-yilda Xarkovdagi xalq xo’jaligi texnikumini tamomlagan.

        1929-yil oktabr oyidan 1930-yil oktabr oyigacha Qizil Armiya 5-Turkiston o’qchilar polkining (Farg’ona) askari bo’lib xizmat qiladi. Demobilizatsiya qilinganidan keyin xalq xo’jaligida, jumladan, O’zbekiston SSR sog’liqni saqlash qo’mitasi qurilish bo’limi boshlig’i, Toshkent davlat pedagogika instituti va Toshkent akademik teatri qurilish bo’limi boshlig’i bo’lib ishladi.

        1941-yil iyun oyida u armiya safiga chaqirildi va 314-o’qchi diviziyasi (Petropavlovsk) IIXK maxsus bo’limining operativ xodimi etib tayinlandi. 1941-yil 16-sentabrda Oq fin sarguzashtlari bilan janglarda u jasur va munosib jangchi sifatida halok bo’ldi.