FILIPPOV PETR PETROVICH

 

        Podpolkovnik Filippov Petr Petrovich, 1907-yil
13-iyunda Leningrad viloyati Sestroretsk shahrida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti o’rta, 1936-yilda IIXK Toshkent o’lkalararo maktabini tamomlagan.

        1941-yil sentabrdan noyabrgacha bo’lgan davrda Leningrad frontining 191-o’qchi diviziyasi siyosiy bo’limi boshlig’ining yordamchisi bo’lib xizmat qildi. Yaralangach 1941-yil noyabridan 1942-yil fevraligacha 2539-sonli evakuatsiya gospitali (Molotov sh.)da davolandi. Sog’aygandan so’ng, Voronej va Don frontlarining 61-gvardiya diviziyasining jangovar bo’limi boshlig’ining yordamchisi etib tayinlandi. 1942-yil dekabrdan 1943-yil fevralgacha yana 3923-sonli evakuatsiya gospitali (Chkalov viloyati)ga yotqizildi. 1943-yil fevraldan 1944-yil martgacha 4-alohida o’quv brigadasi (Ufa sh.) jangovar bo’limining boshlig’i bo’lgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Leningard mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “Ulug’ Vatan urushidagi sharafli mehnati uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“LENINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDAGI SHARAFLI MEHNATI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI