FILIMONOV STEPAN VASILYEVICH

 

        Mayor Filimonov Stepan Vasilyevich, 1922-yil
31-dekabrda Kalinin viloyati Goritskiy tumani Kobelevo qishlog’ida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1940-yilda Kimri nomidagi pedagogika bilim yurtini, 1962-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

        1940-yil noyabrdan 1941-yil iyulgacha bo’lgan davrda  G’arbiy maxsus harbiy okrugining 10-armiyasining 36-otliq diviziyasining 7-alohida aloqa eskadrilyasida xizmat qilgan. 1941-yil dekabrdan 1943-yil fevralgacha – Kalinin va G’arbiy frontning 30-alohida telegraf aloqa o’rnatish rotasi vzvod komandiri. 1943-yil fevralda G’arbiy front IIXK hukumat aloqa 2-alohida polkining 1555-alohida rotasi vzvodi komandiri etib tayinlandi. 1944-yil aprelgacha G’arbiy front IIXK hukumat aloqa 2-alohida polkining 244-alohida batalyoni vzvod komandiri edi. 1944-yil dekabrdan 1945-yil dekabrgacha 338-chegara polkiga ishlaydigan 3-Belorus, Boltiqbo’yi va Leningrad frontlarining frontorti “SMERSH” kontrrazvedka bo’limining operativ xodimi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Kiev mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug’ Vatan urushida qozonilgan g’alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“KIYEV MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI