FETISOV PETR DANILOVICH

 

        Kapitan Fetisov Petr Danilovich, 1915-yil 15-iyulda Qozog’iston SSRning Shimoliy Qozog’iston viloyati Airatovskiy tumanida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti tugallanmagan oliy, 1933-yilda Semipalatinsk institutining 1-kursini tamomlagan.

        1941-yil dekabr oyigacha Novosibirsk shahridagi kichik siyosiy o’qituvchilar maktabi kursanti bo’lgan. 1942-yil oktabr oyigacha Janubiy frontning 56-armiyasi 1137-o’qchi polkida va 1942-yil iyulidan – Shimoliy Kavkaz frontining 18-armiyasi 818-polkida rota politrugi o’rinbosari sifatida jangovar harakatlarda qatnashgan. 1942-yil oktabr oyida yaralangan va 3962-sonli evakuatsiya gospitali (Samarqand sh.)da davolangan. Sog’lig’i tiklangandan so’ng, 2-Xarkov tank bilim yurtiga kursant sifatida qabul qilingan va o’qishni tamomlagach, 1944-yil mart oyida O’zSSR DXXQ Toshkent shahar bo’limining operativ xodimi etib tayinlangan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Kavkaz mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug’ Vatan urushida qozonilgan g’alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”,  “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“KAVKAZ MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI