FEDYAKIN NIKOLAY MIXAYLOVICH

 

        Kichik serjant Fedyakin Nikolay Mixaylovich, 1924-yil 15-dekabrda Mordoviya ASSR Lada viloyatida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti o’rta, 1950-yilda Toshkent moliya-iqtisodiyot texnikumini tamomlagan.

        Harbiy xizmatni 1942-yil aprel oyida Turkiston harbiy okrugining radiotelegraf kurslari kursanti sifatida boshlagan. 1942-yil avgust oyida o’qishni tamomlagandan so’ng Shimoliy-g’arbiy frontga jo’natiladi va 373-alohida aloqa rotasining radisti etib tayinlanadi. 1943-yil aprel oyida 33-gvardiya minomyotchilar brigadasiga (Moskva sh.) o’tkaziladi. 1943-yil sentabr oyida 4-diviziya 31-gvardiya minomyotchilar brigadasining katta radisti sifatida 4-Ukraina frontiga yuborilgan va 1946-yilgacha xizmat qilgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun” va “Kenigsbergni ishg‘ol etganligi uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“KENIGSBERGNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI