FAYRUZOV SARVAR SARIGASKAROVICH
Podpolkovnik Fayruzov Sarvar Sarigaskarovich,
1924-yil 10-avgustda Boshqirdiston ASSR Davlekanovskiy tumanida tug’ilgan, millati tatar, ma’lumoti oliy, 1942-yilda Davlekanov Boshqirdiston pedagogika bilim yurtini, 1958-yilda Butunittifoq yuridik institutini sirtdan tamomlagan.
1942-yil avgust oyida Qizil Armiyaning havodan kuzatuv va aloqa axboroti Leningrad harbiy bilim yurti kursanti bo’lgan. O’quv yurti tarqatib yuborilishi munosabati bilan 1943-yil aprel oyidan boshlab 6-gvardiya havo-desant brigadasining saf bo’linmasida ish yurituvchi sifatida xizmatni davom ettiradi. 1944-yil yanvar oyida 99-gvardiya o’qchi diviziyai 297-gvardiya o’qchi polki shtabida maxfiy qism ish yurituvchisi, o’sha yilning oktabr oyida esa boshlig’i etib tayinlangan va u yerda 1945-yil sentabr oyiga qadar xizmat qilgan.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “III darajali Shon-sharaf” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Harbiy jasorati uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug’ Vatan urushida qozonilgan g’alabaga 20 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.