FADEYEV VASILIY TROFIMOVICH

 

        Kapitan Fadeyev Vasiliy Trofimovich, 1917-yil
7-avgustda Chkalov viloyati Sok-Karmalinskiy tumanida tug’ilgan, mordvin, ma’lumoti o’rta, 1957-yilda Farg’ona viloyati Gorchakovo qishlog’idagi ishchi yoshlar o’rta maktabini, 1958-yilda – Gorkiy DXQ operativ tarkibni qayta tayyorlash maktabini tamomlagan.

        1938-yil oktabr oyida armiyaga chaqirilgan, u yerda 1940-yil oktabr oyigacha 100-o’qchi diviziya 85-o’qchi polkida xizmat qilgan. G’arbiy Belorussiyani ozod qilishda va Finlyandiya frontida qatnashgan. 1940-yil noyabr oyidan 1946-yil yanvar oyigacha IIXK-DXV Samarqand viloyat boshqarmalarida kotib-hisobchi, buxgalter-g’aznachi, operativ xodim, tarkibiy bo’linma boshlig’i lavozimlarida xizmat olib borgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug’ Vatan urushida qozonilgan g’alabaga 20 yil”, “Ulug’ Vatan urushidagi sharafli mehnati uchun” va “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDAGI SHARAFLI MEHNATI UCHUN” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI