FADEYEV MIXAIL ANDREYEVICH

 

        Katta leytenant Fadeyev Mixail Andreyevich, 1921-yil
7-iyunda Toshkent shahrida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti o’rta, 1939-yilda Toshkent shahridagi 1-o’rta maktabni tamomlagan.

        1941-yil iyun oyida Kavkazorti harbiy okrugining
105-alohida instrumental razvedka divizioni motosiklchi-razvedkachilar komandiri sifatida xizmat olib borgan. 1941-yil avgust oyidan 1942-yil may oyigacha – Qrim frontining
41-Armiyasida chizmachi-kartograf, shtab ko’chma omborining boshlig’i. 1942-yil oktabr oyigacha Shimoliy Kavkaz frontining Qora dengiz qo’shinlari guruhi dengiz brigadasining 2-bo’limi avtomatchilar bo’linmasi komandiri bo’lgan. 1942-yil oktabr  oyidan 1943-yil iyun oyigacha – Shimoliy Kavkaz frontining 41-armiyasi va Stepnoy harbiy okrugining front orti boshqarmasi shtabining chizmachisi. 1943-yil noyabr oyida Voronej va 1-Ukraina frontlarining 41-Armiyasining 310-alohida jarima rotasi vzvod komandiri, rota komandiri o’rinbosari lavozimlarida xizmat qilgan. 1944-yil iyul oyida “SMERSH” kontrrazvedka bosh boshqarmasining Toshkent maktabini tamomlaganidan so’ng, O’rta Osiyo harbiy okrugi (Toshkent) “SMERSH” kontrrazvedka bo’limi operativ bo’linmasining 2 toifali razvedkachisi etib tayinlangan.