DZYUBA IVAN PAVLOVICH

       Katta leytenant Dzyuba Ivan Pavlovich, 1923-yil 17-fevralda Ukraina SSRning Chernigov viloyati Nejinskiy tumanida tug‘ilgan, millati ukrain, 1941-yilda nejin shahridagi 2-sonli o‘rta maktabning 10-sinfini tamomlagan.

     1942-yil sentabr oyida Leningrad artilleriya texnika bilim yurti (Ijeyevsk sh.)da malaka oshirish kurslarini tamomlagandan so‘ng Shimoliy-g‘arbiy front tarkibidagi 19-alohida chang‘ichilar brigadasiga, keyinchalik G‘arbiy front tarkibidagi 43-armiyaning 53-o‘qchilar diviziyasining 12-o‘qchilar polkiga vzvod komandiri lavozimida xizmatni o‘taydi. 1943-yilning dekabr oyidan 1944-yilning may oyiga qadar 2-Boltiqbo‘yi fronti tarkibidagi 6-gvardiya armiyasining 25-to‘pchilar artilleriya polkida, 1944-yilning noyabr oyiga qadar 306-o‘qchilar diviziyasining 1043-artilleriya polkida batareya komandiri lavozimida xizmat qiladi. 1944-yilning noyabr oyidan 1-Boltiqbo‘yi fronti tarkibidagi 306-o‘qchilar diviziyasining 1043-artilleriya polkida divizion shtabi boshlig‘i bo‘lgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni va “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” medali bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI