DURITSKIY ALEKSANDR GAVRILOVICH

      Kichik leytenant Duritskiy Aleksandr Gavrilovich, 1919-yil 10-fevralda Seyevastopol shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1937-yilda Seyevastopol shahridagi 2-sonli o‘rta maktabninig 10-sinfini, 1938-yilda Nikolayevsk kemasozlik institutining 1-bosqichini tamomlagan.

1939-yiling mart oyidan 1940-yilning avgust oyiga qadar 226-artilleriya polkining korpusida (Moldaviya SSR Orgeeyev sh.) bo‘linma vzvod komandiri lavozimlarida xizmat qiladi. 1941-yil fevralda qo‘mondonlik tarkibining malakasini oshirish artilleriya kurslarini tamomlagandan so‘ng Janubiy front tarkibidagi 226-artilleriya polki korpusiga vzvod komandiri, keyinchalik divizion shtabi boshlig‘i lavozimiga tayinlanadi. 1942-yilning iyul-dekabr oylarida jarohat olganligi sababli 2164-sonli evakuatsiya gospitalida davolanadi hamda xizmatdan Qurolli Kuchlar zaxirasiga bo‘shatiladi.