DUBROVSKIY ALEKSANDR VASILYEVICH

        Kapitan Dubrovskiy Aleksandr Vasilyevich, 1910-yil 22-avgustda Voronej viloyatining Dryazginskiy tumanidagi Fosheyevka qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1927-yilda Gryazi shahridagi o‘rta maktabninig 9-sinfini, 1932-yilda Rostov moliya-iqtisod institutini tamomlagan.

       1942-yilning fevral-may oylarida Borisoglebsk shahridagi 5-o‘qchilar brigadasi qoshidagi qo‘mondonlik tarkibining malakasini oshirish kurslarida tahsil oladi. O‘qishni tamomlagandan so‘ng 25-gvardiya diviziyasining 78-o‘qchilar polkiga rota komandiri etib tayinlanadi. 1942-yilning avgust oyidan 1943-yilning mart oyiga qadar 2626-sonli evakuatsiya gospitalida davolanadi. Salomatligini tiklagandan so‘ng 2-Ukraina fronti tarkibidagi 57-armiyaning 68-o‘qchilar korpusiga shtab boshlig‘i ad’yutanti lavozimiga tayinlanadi. 1944-yilning iyun oyiga qadar 2-Ukraina fronti tarkibidagi 68-o‘qchilar korpusining harbiy prokuraturasida kotib, 1944-yilning iyun oyidan 1945-yilning may oyigacha 2-Ukraina fronti tarkibidagi 7-armiyaning 375-o‘qchilar diviziyasida “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi katta tergovchisi lavozimlarida xizmat qiladi.

          Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jasurligi uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI