DUBROVSKAYA YELENA YEFIMOVNA

        Kichik leytenant Dubrovskaya Yelena Yefimovna, 1919-yil 6-dekabrda Stalingrad viloyatining Kramatorsk shahrida tug‘ilgan, milllati yahudiy, ma’lumoti o‘rta, 1937-yilda o‘rta maktabning 10-sinfini, 1939-yilda Moskva davlat universitetining 2-bosqichini tamomlagan.

          1939-1942-yillarda IIXK Moskva viloyati boshqarmasi Sokolniki tuman bo‘linmasida mashinistka lavozimida xizmat qilgan. 1942-yilning aprel-sentabr oylarida G‘arbiy front tarkibidagi 5-armiyaning IIXK maxsus bo‘limi mashinistkasi bo‘lgan. 1942-yilning dekabr oyiga qadar G‘arbiy front tarkibidagi 5-armiyaning 352-o‘qchilar diviziyasida ish yurituvchi-mashinistka lavozimida xizmat qiladi. 1942-1943-yillarda G‘arbiy front tarkibidagi IIXK maxsus bo‘limining shifrovalshiklar kursida tahsil oladi. 1943-yilning mart-dekabr oylarida G‘arbiy front tarkibidagi 29-gvardiya o‘qchilar diviziyasining “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limida maxfiy shifrovalkachi, 1945-yilga qadar esa 3-Belorus fronti tarkibidagi 2-gvardiya tankchilar korpusida kotiba- shifrovalkachilik qiladi.

          Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Moskva mudofaasi uchun”, “Kenigsbergni ishg‘ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“MOSKVA MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“KENIGSBERGNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI