ДУБОВСEВ ВАСИЛИЙ ВАСИЛЕВИЧ

       Kapitan Dubovsev Vasiliy Vasilyevich, 1923-yil 20-martda Kirov viloyatining Prosnitskiy tumanidagi Maliy Perelaz qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1958-yilda Mari garnizonidagi ofitserlar uyi qoshidagi o‘rta maktabning 10-sinfini tamomlagan.

           1942-yilning avgust oyidan 1943-yilning aprel oyiga qadar G‘arbiy va Voronej frontlari tarkibidagi 180-o‘qchilar diviziyasining 21-o‘qchilar polki pulemyotchilar rotasida pulemyotchi, kotib, shtabda kotib lavozimlarida xizmat qilgan. 1943-yilning aprel oyidan 1945-yil may oyiga qadar 1 va 2-Ukraina frontlari tarkibidagi 9-zenit-artilleriya diviziyasining shtabida katta kotib, ish yuritish bo‘limi mudiri bo‘lgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Budapeshtni ishg‘ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BUDAPESHTNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI