DUBOTOVKIN BORIS YAKOVLEVICH

       Kapitan Dubotovkin Boris Yakovlevich, 1906-yilda Voronej viloyatida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti yo‘q. 1928-yilning oktabr oyidan 1931-yilning aprel oyiga qadar Voronej viloyatidagi Buturlin harbiy komissariatida oddiy askar, kotib, keyinchalik katta kotib lavozimlarida xizmat qilgan.

       1942-yilning dekabr oyidan boshlab, xizmatni Shimoliy Kavkaz, Janubiy va 1-Ukraina frontlarining oldingi saflarida IIXKning maxsus bo‘limi, 236-qiruvchi aviadiviziyasining “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi operativ vakili lavozimlarida davom ettiradi. 1944-yilning iyun oyidan 1945-yilning may oyiga qadar 1-Ukraina fronti tarkibidagi 2-gvardiya shturmchilar aviatsiya korpusining “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi katta operativ vakili bo‘lgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” va “II darajali Vatan urushi” ordenlari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI