DROZDETSKIY PAVEL GAVRILOVICH

       General-leytenant Drozdetskiy Pavel Gavrilovich, 1903-yilda Belorussiya SSRning Vitebsk viloyati Borki qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1949-yilda Sverdlovsk yuridik institutini tamomlagan.

          Xizmatni 1930-yilning noyabr oyida davlat xavfsizligi organlarida boshlgan. 1938-1939-yillarda IIXX  Leningrad viloyati boshqarmasida o‘rta bo‘g‘in rahbar lavozimlarida xizmat qilgan. 1941-yilgacha va IIXK Lvov viloyat boshqarmasi 2-bo‘limi boshlig‘i, Ukraina SSR IIXX 3-boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida xizmatni davom ettirgan. 1941-1942-yillarda IIXK 3-boshqarmasi (Moskva sh.) boshlig‘i bo‘lgan. 1946-yilga qadar Ukraina SSR davlat xavfsizligi xalq komissari (vaziri)ning o‘rinbosari lavozimini bajargan. 1946-1948-yillarda DXV Sverdlovsk viloyati boshqarmasi boshlig‘i, 1951-yil yanvar-noyabr oylarida O‘zSSR davlat xavfsizligi vaziri lavozimida xizmat qilgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “Qizil bayroq”, “I darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Moskva mudofaasi uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“QIZIL BAYROQ” ORDENI

“I DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“MOSKVA MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI