DRIKIN MIXAIL VASILYEVICH

         Mayor Drikin Mixail Vasilyevich, 1919-yil 14-oktabrda Tula viloyatining Tula shahrida tug‘ilgan, millati  rus, ma’lumoti o‘rta, 1938-yilda Tula kommunal-qurilish texnikumini tamomlagan.

           IIXKning Sverdlovsk o‘lkalararo maktabini tamomlagandan so‘ng Orlov harbiy okrugi 45-g‘arbiy o‘qchilar polki maxsus bo‘limiga operativ vakil etib tayinlanadi. 1941-yil avgust oyidan 1942-yil mart oyiga qadar Orlov harbiy okrugi va G‘arbiy fronti tarkibidagi 323-o‘qchilar diviziyasida IIXK maxsus bo‘limi operativ vakili, 1943-yilning avgust oyiga qadar G‘arbiy fronti tarkibidagi maxsus bo‘limda, keyinchalik Moskva harbiy okrugi 323-o‘qchilar diviziyasida “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limida tergovchi lavozimida xizmat qiladi. 1943-yilning avgust oyidan 1944-yilning dekabr oyiga qadar Belorussiya va 1-Belorus frontlari tarkibidagi 323-Bryansk o‘qchilar diviziyasining “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limida, 1945-yilning avgust oyiga qadar 1-Belorus fronti tarkibidagi 33-armiyaning 75-gvardiya o‘qchilar diviziyasida “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limida katta tergovchi lavozimlarida xizmat qilgan.

          Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Moskva mudofaasi uchun”, “Jasurligi uchun”, “I darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“MOSKVA MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI