DOLGOV ALEKSANDR IVANOVICH

         Podpolkovnik Dolgov Aleksandr Ivanovich, 1925-yil 17-avgustda Stalingrad viloyatining Novo-Nikolaeyevskiy tumani Mironovskiy ovulida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1971-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

      1943-yilning yanvar-iyun oylarida 3-Ordjonikidze harbiy piyodalar bilim yurti kursanti bo‘lgan. 1943-yilning avgustiga qadar Voronej fronti tarkibiga kiruvchi Belgorod-Xarkov yo‘nalishidagi 5-gvardiya armiyasi 97-gvardiya o‘qchilar diviziyasi 294-gvardiya o‘qchilar polki 2-avtomatchilar rotasida bo‘linma komandiri lavozimida xizmat qilgan. Jangda jarohat olganligi sababli 1943-yilning oktabr oyiga qadar 1006 va 1112-sonli evakuatsiya gospitallari (Tambov viloyatining Michurinsk sh.)da davolanadi. Salomatligini tiklagandan so‘ng IIXK “OSNAZ” kurslarida tahsil oladi. 1944-yilning aprel oyidan 1945-yilning oktabr oyiga qadar DXXK Oliy maktabi qoshidagi radioxizmat xodimlarini tayyorlash kurslari kursanti bo‘lgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “II darajali Vatan urushi” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Harbiy jasorati uchun”, “I va  II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 va 40 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil”, “Qurolli kuchlar faxriysi” medallari bilan taqdirlangan.

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“HARBIY JASORATI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 40 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLAR FAXRIYSI” MEDALI