DJURAYEV IBRAGIM

     Djurayev Ibragim, 1913-yilda Toshkent viloyatining Ordjonikidze (hozirgi Qibray) tumanidagi Do‘rmon posyolkasida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti boshlang‘ich.

          Xizmatni 1942-yil may oyida avvaliga Leningrad fronti tarkibidagi 83-zaxiradagi o‘qchilar polki, keyinchalik 184-o‘qchilar polki, 225-o‘qchilar polki, keyinchalik esa 267-o‘qchilar polkida o‘qchi lavozimida o‘tagan. Jangda jarohat olganligi sababli  1943-yilning mart-avgust oylarida 1354-sonli evakuatsiya gospiladida davolanadi. Salomatligini tiklagandan so‘ng Leningrad fronti tarkibidagi 267-zaxiradagi o‘qchilar polkiga o‘qchi etib tayinlanadi. 1943-yilning sentabr oyidan 1945-yilning fevral oyiga qadar Lenigrad fronti harbiy komandaturasida o‘qchi lavozimida xizmat qiladi.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida  “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Leningrad mudofaasi uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“LENINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI