DJURAYEV AXROR

         Katta leytenant Djurayev Axror, 1924-yil 24-martda Samarqand viloyatining Samarqand tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, 1942-yilda Samarqand tumanidagi o‘rta maktabni, 1949-yilda Toshkent yuridik maktabini tamomlagan.

            Xizmatni 1942-yilning avgust oyida 2-Xarkov tankichilar bilim yurti (Samarqand sh.) kursantligidan boshlagan. O‘qishni tamomlagach, 1-o‘quv tankchilar brigadasiga (Gorkiy sh.) zaxiradagi ofitser sifatida jo‘natiladi. 1944 -yilning yanvar oyida 3-Ukraina fronti tarkibidagi 1891-o‘ziyurar artilleriya polkiga batareya komandiri etib tayinlanadi. 1944 -yilning mart-may oylari davomida jangda jarohat olib, 101-sonli dala gospitalida davolanadi. Salomatligini tiklagach, xizmatni davom ettiradi hamda Bolgariya, Ruminiya, Chexoslovakiya, Yugoslaviya va Vengriyani ozod qilish uchun bo‘lib o‘tgan janglarda qatnashadi.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “II darajali Vatan urushi” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Belgradni ozod qilganligi uchun”, “Budapeshtni ishg‘ol etganligi uchun”, “Jasurligi uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 va 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BELGRADNI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“BUDAPESHTNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 30 YIL” MEDALI