DEMIXOV LEV VLADIMIROVICH

        Podpolkovnik Demixov Lev Vladimirovich, 1911-yil 7-yanvarda Andijon shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1937-yilda Toshkent shahridagi kechki o‘rta maktabni, 1957-yilda Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan.

        Xizmatni 1941-yilning avgust oyida Leningrad fronti tarkibidagi 310-o‘qchilar diviziyasida IIXX maxsus bo‘limi operativ vakil yordamchisi lavozimida boshlagan. 1941-yil noyabr oyidan 1945-yil may oyiga qadar Leningrad, Volxov, 3-Boltqbo‘yi, Kareliya va 2-Belorus frontlari tarkibidagi 310-o‘qchilar diviziyasida IIXK maxsus bo‘limi – “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limida katta operativ vakil lavozimida xizmat qilgan hamda mazkur tarkibda Polsha va Daniyani fashist bosqinchilaridan ozod qilishda qatnashadi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI