DAVLETYAROV RAFKAT ZAGIDOVICH

        Kapitan Davletyarov Rafkat Zagidovich, 1922-yil 11- mayda Orenburg viloyatining Chkalov shahrida tug‘ilgan, millati tatar, ma’lumoti o‘rta, 1941-yilda Xorazm viloyatining Xozarasp tumanidagi o‘rta maktabning 10-sinfini, 1945-yilda DXXKning Toshkent o‘lkalararo maktabini tamomlagan.

      1943-yil mart oyida Toshkent pulemyotchi-minomyotchilar bilim yurtini tamomlagandan so‘ng Markaziy front tarkibidagi 52-o‘qchilar diviziyasining 928-o‘qchilar polkidagi 1-o‘qchilar batalonida 1-o‘qchilar rotasi starshinasi lavozimiga tayinlanadi. Jangda jarohat olganligi sababli 1943-yilning avgust oyidan 1944-yilning yanvar oyiga qadar 2739-sonli evakuatsiya gospitali (Penza viloyati)da davolanadi. Salomatligini tiklagach xizmatdan Qurolli Kuchlar zaxirasiga bo‘shatiladi.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI