DAUTOV AXAT GABDULXAYEVICH

starshina, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Shuxrat ordenining to‘liq sohibi (27.06.1945)

1923-yil 15-mayda Perms o‘lkasi Oktabrsk tumani Ishimova qishlog‘ida ishchi oilasida tug‘ilgan. Tatar. 7-sinfni tamomlagan.
1942-yildan Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1943-yil iyunidan janglarda qatnashgan. Jangovar harakatlarini Kalinsk fronti 30-o‘qchilar diviziyasi 7-o‘qchilar polkida o‘qchi lavozimidan boshlagan. Jangda jaroxatlanadi va davolanib chiqgandan so‘ng o‘zining iltimosiga ko‘ra tankchilar qismiga yoborilgan. 25-zaxiradagi tanchilar polkida tank yo‘naltiruvchisi mutaxassisligini egallaydi. Belorussiyani ozod qilish jangida, T-34 tanki ekipaji tarkibida jang qilgan.
1944-yil 13-avgustda Glomb stansiyadagi dushman xujumini qaytarish jangida gvardiya kichik serjanti Dautov dushman tankini va 10 dan ziyod dushman askarlarini yo‘q qiladi.
1944-yil 27-avgustdagi buyrug‘iga asosan III-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlanadi.
1945-yilning boshlarida gvardiya katta serjanti Dautov harbiy gospitaldan chiqgandan so‘ng o‘zining polkiga qaytadi va jangga kiradi. 20-fevralda Dautov dushman tankini va orudiyasini yakson qilib, piyodlar hujumini osonlashtib beradi.
1945-yil 10-martda gvardiya katta serjanti Dautov II-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlandi.
1945-yil 22-aprelda Rangsdorf (Germaniya) aholi yashash punktidagi jangda gvardiya starshinasi Dautov dushman tankini yo‘q qilib, dushman kuzatuv punktini vayron qiladi va 10 dan ziyod askarlarini qirib tashlaydi. 1945-yil may oyida polki tarkibida Pragaga marshda qatnashadi va urushni Elbeda yakunlaydi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 27-iyundagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, gvardiya katta serjanti Dautov I-darajali «Shuxrat» ordeni bilan taqdirlangan.
1947-yilda zahiraga bo‘shatiladi. Jigulyov shaxrida elektrstansiya qurulishda ishlaydi. Umrining oxirgi yillarida Qo‘qonda yashaydi va zavodda chilangar bo‘lib ishlaydi.
1989-yil 10-iyulda vafot etgan.

"SHUXRAT" ORDENINING TO'LIQ SOHIBI