DANILOV OLEG ALEKSEYEVICH

           Mayor Danilov Oleg Alekseyevich, 1914-yil 24-mayda Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti to‘liqsiz o‘rta, 1932-yilda Toshkent shahridagi 9-sonli maktabning 7-sinfini, 1934-yilda qishloq xo‘jaligi mashinasozligi texnikumini tamomlagan.

        Xizmatni 1941-yilning avgust oyidan 1942-yilning dekabr oyiga qadar O‘rta Osiyo harbiy okrugining IIXX maxsus bo‘limi 8-bo‘linmasida operativ vakil, Kavkazorti fronti IIXX maxsus bo‘limida zaxiradagi katta operativ vakil lavozimlarida o‘tagan. 1943-yilning may oyiga qadar Kavkazorti va Shimoliy Kavkaz frontlari tarkibidagi Shimoliy qo‘shin guruhlari IIXX maxsus bo‘limining 5-bo‘linmasida katta operativ vakil lavozimida xizmat qilgan. 1943-yil mayidan 1944-yil yanvarigacha Shimoliy Kavkaz fronti tarkibidagi 56-armiyaning IIXX maxsus bo‘limi katta operativ vakili bo‘lgan. 1944-yilda Shimoliy Kavkaz fronti tarkibidagi alohida Primorskiy armiyasda va 1 va 3-Belorus frontlari tarkibidagi 20-o‘qchilar diviziyasida “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limining 1-bo‘linmasi katta operativ vakili lavozimlarida xizmat qiladi. 1944-yil sentabr oyidan 1945-yil noyabr oyigacha 3-Belorus va Ukraina frontlari tarkibiga kiruvchi 28-armiyaning 197-armiya zaxira polkidagi “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limining katta operativ vakili bo‘lgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Berlinni ishg‘ol etganligi uchun”, “Kavkaz mudofaasi uchun”, “Kenigsbergni ishg‘ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BERLINNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“KAVKAZ MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“KENIGSBERGNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI