DANILIN VASILIY IVANOVICH

        Leytenant Danilin Vasiliy Ivanovich, 1925-yilda Ryazan viloyatining Pronskiy tumani Mizga qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti to‘liqsiz o‘rta, qishloq maktabining 7-sinfini, 1940-yilda Orexo-Zueyevo kasb-texnika maktabini tamomlagan.

       1943-yilning yanvar-may oylarida 33-armiyaning 383-o‘qchilar polkida pulemyotchilar rotasi starshinasi lavozimida xizmat qilgan. 1944-yilning oktabr oyiga qadar 1-Belorus fronti tarkibidagi 33-armiyaning 95-diviziyasi 241-o‘qchilar polkida pulemyotchilar rotasi starshinasi, shu yilning oktabr oyidan 1945-yilning dekabr oyiga qadar Saratov tankchilar bilim yurti kursanti bo‘lgan.

           Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun xizmat va faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun medali bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI