CHURAKOV SEMEN PETROVICH

     

        Mayor Churakov Semen Petrovich, 1915-yil 22-mayda Penza viloyati Aleksandrovskiy tumani Shilovka qishlog’ida tug’ilgan, millati rus, ma’lumotli tugallanmagan o’rta, 1931 yilda qishloq maktabining 7-sinfini, 1950-yilda marksizm va leninizm kechki universitetini tamomlagan.

        1941-yil martdan oktabrgacha bo’lgan davrda Qozog’iston SSR IIXK operativ xodimi bo’lib xizmat qiladi. 1941-yil oktabrdan 1943-yil martgacha O’rta Osiyo harbiy okrugining 213-o’qchi diviziyasi IIXK maxsus bo’limining katta operativ xodimi edi. 1943-yilda 2-Ukraina fronti 7-armiyasining 213-o’qchi diviziyasining “SMERSH” kontrrazvedka bo’limining katta operativ xodimi edi. 1943-yil avgustdan 1944-yil yanvarigacha yaralanganligi sababli 3286-sonli evakuatsiya gospitalida davolandi. Sog’aygach, Volga harbiy okrugining “SMERSH” kontrrazvedka bo’limining katta operativ xodimi bo’lib tayinlandi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI