CHERTOVA SOFYA LVOVNA

        

        Chertova (Persina) Sofya Lvovna, 1920-yil 1-martda Ukraina SSRning Zaporoje viloyati Bolshoy Tokmak shahrida tug’ilgan, millati yahudiy, ma’lumoti o’rta, 1939-yilda Donesk viloyati Konstantinovka shahridagi feldsherlik maktabini tamomlagan.

        1941-yil iyun oyida 79-alohida zenit artilleriya batalyonining, so’ng Janubiy-g’arbiy frontning 393-o’qchi diviziyasining 498-tibbiy batalyonining harbiy feldsheri bo’lib xizmat qila boshladi. 1941-yil noyabrdan 1942-yil aprelgacha 5-sanitariya armiyasining 40-armiya dala qurilishi direksiyasining harbiy feldsheri. 1945-yil yanvargacha Volga IIXK lagerida feldsher bo’lgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “II darajali Vatan urushi” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Ulug’ Vatan urushidagi sharafli mehnati uchun”, “Ulug’ Vatan urushida qozonilgan g’alabaga 30 yil”, “Mehnat faxriysi” medallari bilan taqdirlangan.

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDAGI SHARAFLI MEHNATI UCHUN” MEDALI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 30 YIL” MEDALI

“MEHNAT FAXRIYSI” MEDALI