ЧЕРНИКОВ ГЕОРГИЙ АЛЕКСАНДРОВИЧ

        Podpolkovnik Chernikov Georgiy Aleksandrovich, 1917-yil 20-dekabrda Andijon shahrida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1953-yil Toshkent yuridik institutini tamomlagan.

        1941-yil iyuldan 1943-yil maygacha bo’lgan davrda G’arbiy frontning 290-o’qchi diviziyasining “SMERSH” kontrrazvedka bo’limining operativ xodimi bo’lib xizmat qiladi. 1943-yilda Bryansk frontining 16-gvardiya o’qchi korpusining “SMERSH” kontrrazvedka bo’limining operativ xodimi. 1943-yil iyuldan 1944-yil yanvargacha 1-Boltiqbo’yi frontining 16-gvardiya o’qchi diviziyasining “SMERSH” kontrrazvedka bo’limining katta operativ xodimi bo’lgan. 1945-yil aprelga qadar 2-gvardiya armiyasining SMERSH kontrrazvedka boshqarmasi 3-bo’limining katta operativ xodimi bo’lib ishlagan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajalai Vatan urushi” ordenlari bilan, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Moskva mudofaasi uchun”, “Kenigsbergni ishg‘ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug’ Vatan urushida qozonilgan g’alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”,  “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“MOSKVA MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“KENIGSBERGNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI