CHERNAVI LEONID SEMENOVICH

 

        Katta serjant Chernavi Leonid Semenovich, 1920-yil 21-oktabrda Penza viloyati Narovchatka tumani Studenets qishlog’ida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti boshlang’ich, 3-sinfni tamomlagan.

        1940-yildan 1945-yilgacha Leningrad frontining 259-sonli  gaubitsa artilleriya polkining jangovar mashina haydovchisi bo’lib xizmat qilgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun” va “Jangovar xizmatlari uchun” medallari bilan mukofotlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI