CHELISHEV NIKOLAY IVANOVICH

        Mayor Chelishev Nikolay Ivanovich, 1913-yil 14-aprelda Vladimir viloyati Lyaxovskiy tumani Kononovo qishlog’ida tug’ilgan, millati rus, 1931-yilda Vladimir viloyatining Melenkiy shahridagi o’rta maktabni, 1937-yilda Gorkiy viloyatining Viksa mexanika-metallurgiya texnikumini tamomlagan.

        1939-yil dekabrdan 1940-yilgacha bo’lgan davrda O’rta Osiyo harbiy okrugi IIXK chegara qo’shinlari 10-motoo’qchi polkining 1-rota politrugi bo’lib xizmat qildi, polk 1941-yil iyul oyida IIXK qo’shinlarining (Moskva) alohida maxsus maqsadli motoo’qchi diviziyasining tarkibiga kirgan. 1942-yil oktabrdan 1943-yil oktabrgacha IIXKning Xarkov otliq chegara maktabining, keyin “SMERSH” kontrrazvedka bo’limining 1-Moskva maktabi kursanti. O’qishni tamomlagandan so’ng 2-Ukraina frontining “SMERSH” kontrrazvedka bo’limi zaxirasi operativ xodimi etib tayinlandi. 1944-yil iyuldan 1945-yil fevralgacha 2-Ukraina frontining 4-gvardiya armiyasining 303-sonli Verxnedneprovsk o’qchi diviziyasining “SMERSH” kontrrazvedka bo’limining katta operativ xodimi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “II darajali Vatan urushi” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Budapeshtni ishg‘ol etganligi uchun”, “Moskva mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“BUDAPESHTNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“MOSKVA MUDOFAASI UCHUN” MEDALI