BURNASHEV AXMED MUXAMEDJANOVICH

   

        Mayor Burnashev Axmed Muxamedjanovich, 1924 -yil 1-dekabrda Ryazan viloyatining Ermishinskiy tumani Azeyevo qishlog‘ida tavallud topgan, millati tatar, 1951-yilda DXV Sverdlovsk maxsus maktabini tamomlagan.

        Harbiy xizmatni 1942-yil aprel oyida Shimoliy-g‘arbiy front tarkibidagi 32-alohida aloqa polkida radist-kursant sifatida boshlagan. Shu yilning may-noyabr oylarida Shimoliy-g‘arbiy front IIV qo‘shinlari 2-chegarachilar polkida aloqa rotasi radisti bo‘lgan. 1942-1943 -yillarda Markaziy va 1-Belorus frontlari tarkibidagi 175-o‘qchilar diviziyasining 282-o‘qchilar polkida radist lavozimida Xizmatni davom ettirgan. 1943-yilning dekabr oyidan 1944-yilning aprel oyiga qadar 3344-sonli evakuatsiya gospitalida davolangan. Salomatligini tiklagandan so‘ng xizmatni 1945-yil iyulda 1-, 2- va 3-Belorus frontlari tarkibiga kiruvchi 48-armiyaning 217-o‘qchilar diviziyasidagi 755-o‘qchilar polkida radiostansiya boshlig‘ida davom ettirdi.

         Fashizmga qarshi jangovar harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati davrida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Kenigsbergni ishg‘ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Harbiy jasorati uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 va 30 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“KENIGSBERGNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“HARBIY JASORATI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 30 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI