BUCHIN NAUM EFREMOVICH

     

     Podpolkovnik Buchin Naum Efremovich, 1923-yil 28-aprelda Leningrad shahrida tavallud topgan, millati yahudiy, ma’lumoti oliy, 1958-yilda Turkmaniston davlat universitetini tamomlagan.

       Xizmatni 1941-yilda Leningrad fronti tarkibidagi 125-o‘qchilar diviziyasidagi 466-o‘qchilar polkida oddiy askar lavozimidan boshlaydi. 1941-yil oktabr-1942-yil mart oylari davomida 925-va 927-sonli evakuatsiya gospitallari(Leningrad sh.)da davolanadi. Salomatligini tiklagandan so‘ng Leningrad fronti tarkibidagi 42-armiyaning 221-armeya zaxiradagi o‘qchilar polkida kotib-mirzolik qilgan. 1942-yilning iyul oyidan 1945 -yilning fevral oyiga qadar Leningrad fronti tarkibidagi 16-mustahkam tumanning 73-alohida pulemyotchilar artilleriya batalonida artilleriya kotibi lavozimida xizmat qilgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Leningrad mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Harbiy jasorati uchun”, “Jasurligi uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Davlat chegaralarini qo‘riqlashdagi xizmati uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“LENINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“HARBIY JASORATI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“DAVLAT CHEGARASINI QO‘RIQLASHDAGI XIZMATI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI