BUBNOV IVAN FEDOROVICH

   

        Podpolkovnik Bubnov Ivan Fedorovich, 1922-yil 17-yanvarda Ulyanov viloyatining Papuz qishlog‘ida tavallud topgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1939-yilda Bazarno-Sizganskiy tumanidagi o‘rta maktabni, 1953-yilda Ulyanovsk pedagogika institutini tamomlagan.

       1940-yil iyul oyidan 1941-yil iyun oyiga qadar Volskiy harbiy aviatexnika bilim yurti kursanti bo‘lgan. 1941-yil noyabr oyiga qadar Janubiy front tarkibidagi 299-hujumchi aviapolkida aviamexanik lavozimida xizmat qilgan. 1941-yilning noyabr oyidan 1943-yilning aprel oyiga qadar harbiy xizmatni Privoljsk harbiy okrugining 12-zaxiradagi aviapolkida o‘tab, u erdan Moskva harbiy okrugining Harbiy havo akademiyasida malaka oshirish kurslariga jo‘natiladi. O‘qishni tamomlagandan so‘ng, 1944-yil may oyida Privoljsk harbiy okrugining 67-aviatsiya havo o‘qchilari maktabiga aviamexanik lavozimiga tayinlanadi.

         Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati davrida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 va 30 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 30 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI